Kiyimlarni tikishda ishlatiladigam matolar

O’zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolarga ip-gazlama, ipak, nimshoyi va jun gazlamalar kiradi.
Ip-gazlama matolarning turlari va navlari juda ham ko’p.
O’tmishda o’lkamizdagi butun-butun shaharlar faqat ma’lum bir nav va ranglardagi gazlamani to’qishga ixtissoslashgan edi. Badiiy to’quvchilikning mahalliy maktablari ham mavjud edi. Bularning bari matolarni bo’yash san’atining yuksakligi, mahalliy gazlama to’qish uslublari, ular qo’lidan chiqadigan matolar rang-bo’yog’i va gullarining bir-biriga o’xshashligi, nafisligi bilan ajralib turadi.
Quyida mana shu matolarning ayrimlariga bir-ikki og’iz ta’rif berib o’tamiz:
Beqasam- yo’l-yo’l gazmol bo’lib, undan erkak, ayol va bolalar uchun kundalik kiyiladigan to’nlar, ko’rpa-ko’rpachalar tikilgan.
Banoras- beqasamdan rang turlari bilan farqlanib, undan ayollarning ust kiyimi bo’lmish paranji tikilgan.
Paripashsha – beqasamdan qalinroq mato bo’lib, u paranji, shuningddek, chopon tikishda ishlatilgan.
Adras- abr iplar bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir. Shuningdek, kanovuz, shoyi, xonatlas, guldor kimxob, duxoba kabilar ham keng qo’llanilgan.
Shoyi va nimshoyi matolar- beqasam, adras, yakro’yo, katak shoyi, tovlanma shoyi, abrshoyi va hokazolarga turli-tuman gullar solingan.
tayyorlangan ip gazlamalar: chit, bo’z, kolenkor, xom surpdan tikilgan kiyim-kechaklar kiyish rasm bo’ldi. Boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba, rango rang movutlardan kiyim tiktirib kiya boshladilar.
Shunga qaramay, kosiblar dastgohidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, bo’z, nimshoyi gazmol, adras, beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilarning turli xillariga ham ehtiyoj katta edi.
Markaziy Osiyo gazmollarini ishlash va ularga gul solish texnikasi hiyla murakkab ish edi. Ularga gul-naqsh solishda ikki xil uslub qo’llanilganki, bu esa yo’l-yo’l va abr uslubida to’qilar edi. XIX asrga kelib, yo’l-yo’l gul solingan matolar xillari keng rasm bo’lib ketdi. Ip gazlama, shoyi, nim shoyi gazmollarga shu uslubda gul solina boshlandi. Mazkur turdagi gazlamalarni chiqaradigan to’quvchilik markazlari Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, G’ijduvon, Zandona, Farg’ona vodiysida Namangan, Beshariq tumanlarida mavjud edi. Xorazm ustalari tayyorlagan gazlamalar ham o’ziga xos gullari bilan ko’zga tashlanib turadi.
Matolarga gul bosishning usullaridan abrli iplar bilan gul solingan, bo’yoqlari yoyiq, qimmatbaho ipak gazmollarni ishlab chiqarishda qo’llanilgan. Abrband usuli bilan iplarni o’rab-bog’lab qo’yishdan iborat mazkur murakkab va sermehnat jarayon asosan Farg’ona vodiysi shaharlari va Samarqand, Buxoroda xonatlas to’qishda qo’llanilgan.

Unless otherwise stated, the content of this page is licensed under Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 License